Solnoma. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev faoliyati xronikasi Rasmiy nashr
Солнома. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёев фаолияти хроникаси Расмий нашр
- Toshkent O`zbekiston 2022
- 744 bet
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil sentabr oyidan 2021-yil 6-noyabrga qadar bo'lgan davrdagi dastlabki besh yillik siyosiy faoliyati aks etgan. Mazkur salmoqli xronika, ayni paytda, davlatimizning ichki va tashgi siyosati, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va o'zgarishlar bilan bog'liq eng muhim tarixiy jarayonlarni - Yangi O'zbekistonning taraqqiyot solnomasini o'zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir. To'plam O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo'linmalari bilan hamkorlikda Prezident Spichrayteri bo'linmasi tomonidan nashrga tayyorlandi. Kitob boshgaruv sohasi xodimlari, O'zbekistonning eng yangi tarixi bilan qiziqadigan olimlar, siyosatshunos va sotsiologlar, ekspertlar, tadqiqotchi va talabalar, muxtasar aytganda, keng omma uchun mo'ljallangan.