Sh.M. Mirziyoyev

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси - Toshkent O'zbekiston 2023 - 416 bet

E’tiboringizga havola qilinayotgan ushbu kitobda bugungi kunda yurtimizda Yangi Oʻzbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub oʻzgarish va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yoʻnalishlari, mamlakatimizning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, davlatimizni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish uchun belgilab olingan strategik yoʻl, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritiladi.

2021-yil 24-oktabrda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqimiz faol ishtirok etib, oʻzining yuksak siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini namoyon etdi. Saylov natijalari mamlakatimizning mustaqil, suveren rivojlanish va demokratik islohotlar yoʻlidan dadil ilgari borayotganini, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi el-yurtimiz tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Kitobning ushbu nashrida saylovoldi uchrashuvlari paytida xalq bilan muloqot jarayonida oʻrtaga tashlangan muhim fikr-mulohazalar, taklif va tashabbuslar, bugungi taraqqiyotimiz va istiqbol rejalariga oid xulosalar ham oʻz aksini topgan.

Mazkur kitob xalqimizni Yangi Oʻzbekiston gʻoyasi atrofida yanada jipslashtirib, bu yoʻlda oldimizda turgan ulkan vazifalarni bajarishga safarbar etishga xizmat qiladi, deb ishonamiz.

9789943795174


Siyosat

323(575.1) / M-54